O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 71-sonli bayonida Germaniyaning "Askania Bildung" kompaniyasi bilan texnikumlarda xalqaro kasbiy ta'lim "Ausbildung" dasturini joriy etish to'g'risidagi masala kun tartibiga qo'yilgan edi. 

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun, 22-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida uchrashuv tashkil etilib, unda  "Askaniya Bildung" LLC xalqaro tashkiloti bosh direktori Ingo Jung, COO operativ direktori Mehribon Utegenova, "Askaniay Future" GmbH loyiha rahbari ta'lim menegmenti va integratsiyasi bo'yicha vakili Klara Rogowski, "Askania Bildung LLC" hududiy direktori  Inobat Annaboyevalar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov hamda Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili ta'lim yo'nalishining bitiruvchi kurs talabalari qatnashishdi. 

Suhbat davomida yoshlarga "Ausbildung" dasturi bo'yicha ta'lim berish, bunga qo'yilgan talablar, til o'rgatish, O'SD til sertifikati imtihonlari o'tkazish, xorijda ish bilan ta'minlash imkoniyatlari, qolaversa, nemis tili fani bo'yicha yuqori, ya'ni C1 darajali sertifikatga ega bo'lgan 10-15 talabani ish bilan ta'minlash mumkinligi bo'yicha ma'lumotlar berildi.