2021-yil 11-fevral kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, prorektorlar hamda fakultet dekanlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bino qavatlari, dam olish xonalari, oshxona va yuvinish xonalarini ko`zdan kechirdilar.
Talabalar bilan suhbatda bo`lib, mavjud kamchiliklar haqida so`radilar. Tashrif davomida yig`ilish o`tkazilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishni tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda yoshlarga munosib sharoit yaratib berish bo`yicha topshiriqlar berildi. Yoshlarni fikr-mulohazalari va bildirgan takliflari muhokama etildi.