Urganch davlat universitetida

Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarida Urganch davlat universitetida  “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” mavzusi ostida "Mustaqillik darslari”  yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Bugun, 12-sentabr kuni "Mustaqillik darslari" doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda:

Fizika-matematika fakultetida faxriy ustoz Ollayor Avezmuratov ishtirokida Matematika yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot shaklida dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ustoz o‘z nutqida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida dotsent Sayyora Matsaidova talabalarga yurt ravnaqi va ta'lim sohasidagi yangilanishlar haqida so‘z yuritdi. Uchrashuvda Geografiya, Kimyo, O‘simlik himoyasi va karantini yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etdi. 

Shuningdek, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida ham “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda Falsafa kafedrasi mudiri M.Xojiyeva, Tarix kafedrasi mudiri O'.Abdullayev hamda Turkiya Respublikasining Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti Tarix kafedrasi professori Kurshat Yildirim ishtirok etdi.