2021-yil 13-fevral kuni Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev Urganch davlat universitetining yangi barpo qilingan talabalar turar joyi bilan tanishdi.
Ushbu talabalar turar joyi 2020-yilda byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 17.2 mlrd so‘mga, universitet hududida zamonaviy tipda 500 o‘ringa mo`ljallab qurilgan bo`lib, hozirda binoni jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Talabalar turar joyida 72 o‘rinli oshxona, bundan tashqari talabalar uchun har qavatda 2 tadan oshxonalar, har qavatda madaniy dam olish xonalari va Axborot resurs markazi mavjud. Shuningdek, xorijdan kelgan professorlar uchun 25 kishilik mehmonxona mavjud.