2021-yil 13-fevral kuni Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov so`zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan joriy yilda amalga oshiriladigan "Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi, oliy ta’limda olib borilayotgan tub o`zgarishlar, shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida gapirib o`tdi.
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Kupalov Jismoiny madaniyat fakultetida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, yangi joriy qilingan kredit modul tizimi, universitet ichki tartib qoidalari haqida ota-onalarga ma`lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda ota-onalarning taklif va istaklari, mavjud muammolar yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, tegishli savollariga javoblar bildirildi.