2021-yil 13-fevral kuni UrDU San'atshunoslik fakulteti “Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” yo'nalishi talabalari Xorazm viloyat musiqali drama teatriga sayohat qilishdi. Teatr rahbariyati va xodimlari ularni munosib kutib olishdi.
Xorazm viloyat musiqali drama teatri 1922-yil Xiva shahrida X.X.Niyoziy boshchiligida "Hukumat uyi" nomi ostida tashkil qilingan. Urganch shahridagi hozirgi hashamatli bino 1975-yildan f aoliyatda. Sig'imi 572 tomoshabinga mo'ljallangan. Hozirda 120 nafarga yaqin xodim faoliyat ko'rsatmoqda.
Talabalarimizni dastlab teatr tarixi, boshqaruv va ijodiy tuzilmasi bn tanishtirish vazifasi teatrda ma`lum vaqt rejissyor yordamchisi va truppa rahbari sifatida faoliyat yuritgan 2-bosqich talabasi Sardor Ro'zimbetov zimmasida bo'ldi.
Teatr ijodiy faoliyatini rassomchilik sexidan boshladi. Teatr bosh rassomi Og'iljon Alimova teatrda rassomlik ishini qanchalik muhimligi va qilinadigan murakkab mexnat zamiri haqida talabalarga gapirib berdi. “Sulton Jaloliddin” va “Najmiddin Kubro” spektakllari uchun chizilgan dekoratsiyalar, har xil sahnalar va liboslar chizmalarini tanishtirib o'tdi. Talabalar qilingan rassomlik ishlarini katta qiziqish bn tomosha qilishdi.
Teatr orkestr jamoasi faoliyati bn orkestr jamoasi rahbari Mayliboy Davletov atroflicha tanishtirib o'tdi. Teatr tarixida sahnalashtirilgan musiqali drama asarlari va hozirgi kundagi musiqali asarlar ya'ni “Maxtumquli va Oshiq g'arib” va “Shhxsanam” asarlari haqida gaplashib o'tdilar.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, aktyor Komiljon Tojiboyev bilan qiziqarli suhbat qurdilar. O'zbekiston xalq artisti, aktrisa Gulora Rahimova va rejissyor Odamboy Abdullayev talabalarga haqiqiy ma'noda mahorat darsini o'tashdi.
2-bosqich talabasi Madaminova Fazilat kelajakda o'z tumanida teatr to'garagi, balkim teatr studiyasi ochishni rejalashtirganini katta ishtiyoq bn ta`kidlab o'tdi.
Iqtidorli yosh aktyor Xo'janiyoz Atadjonov teatr muzeyidagi tarix yutuqlar va boshqa ma`lumotlar haqida tushuntirish olib bordi. Teatrda sahnalashtiriladigan spektakllarda kiyiladigan liboslar kolleksiyasi bilan tanishtirdi.
Ushbu mazmunli sayohat, e`tibor va hurmat uchun teatr rahbariyatiga, ustozlar san`atkorlarga va ishchi xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiramiz!