2021-yil 27-may kuni taʼlim muassasalarida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda davlat tilida ish yuritilish holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining maslahatchisi, p.f.d., ishchi guruh rahbari Odinaxon Jamoldinova hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Muyassar Saparniyazovalar Urganch davlat universitetga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishchi guruh universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari ijrosi, taʼlim muassasasida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati, taʼlim muassasasida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati, normativ-huquqiy hujjatlarning davlat tilida yuritilishi, yozuvlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishi, universitetda Oʻzbek tili va adabiyoti fanlarining oʻqitilishi, Oʻzbek tilshunosligining rivojlanishiga doir olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning borishi, universitetdagi barcha ichki va tashqi yozuvlar holati, universitet professor-oʻqituvchilarining ommaviy axborot vositalarida davlat tilini keng targʻib qilish borasidagi chiqishlari kabi bir qator masalalar boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordilar.











