2021-yil 12-oktabr sanasida Polshaning Lyublan texnologiya universiteti vakillaridan iborat “Nawa” dasturining “3D Digital silk road” loyihasi doirasida "Lyublan texnologiya universitetining Markaziy Osiyo bo’yicha 6- ilmiy ekspeditsiyasi" Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida, universitet bilan tanishdilar, talaba-yoshlar bilan uchrashib, loyihani mazmun-mohiyati yuzasidan “Popularisation the tangible cultural heritage using 3D digital technology” mavzusida seminar o'tkazdilar. Seminarni mazkur loyihaning Xorazm viloyatidagi kordinatori, UrDU Tarix fakulteti “Tarix” kafedrasi mudiri, t.f.d., dots. O'.Abdullayev ochib berdi.
Shundan so'ng, ekspeditsiya a'zolari Dr.Elizbieta Mitosz, prof.Jerzy Montusiewicz, prof. Marek Mitosz, Dr. Marcin Badurowicz, Jacek Kesik, Mariusz Dzienkowski, Dr. Marcin Badurowicz hamda Stanistaw Skulimowskyilar mavzu yuzasidan taqdimot qildilar.
Loyihaning asosiy maqsadi - Lyublan texnologiya universiteti mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan ilmiy ekspeditsiyalar davomida O'zbekistondagi Buyuk ipak yo'li madaniy yodgorliklarini raqamlashtirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, 3D raqamli texnologiya yordamida moddiy-madaniy merosni ommalashtirish, tarixiy yodgorliklarni elektron katalogini yaratish va tarixiy madaniyatni butun dunyoga yoyishdir.
"Lyublan texnologiya universitetining Markaziy Osiyo bo’yicha 6- ilmiy ekspeditsiyasi"ning Xorazmga tashrifi davom etadi.


