Maʼlumki, oliy taʼlimda tizimida 2021-2022 oʻquv yilidan tyutorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu borada har bir oliy taʼlim dargohida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2022-yil 21-yanvar sanasida UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutorlari bilan uchrashib, ularning oʻtgan 3 oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan taqdimotlarini tingladi. Suhbat jarayonida tyutorlar faoliyati natijalari muhokama etilidi va kelgusi vazifalar belgilandi.


