Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasining 3 nafar professor-o'qituvchilari 2022-yil 24-yanvardan 4-fevralgacha, 2 hafta mobaynida ERASMIS+ dasturi asosidagi "Establishment of training and research centers and Courses development on Intelligent BigData Analysis in CA (ELBA)" loyihasi doirasida Sloveniya davlatining Primorska universitetida "Katta ma'lumotlarni qayta ishlash uslublari" mavzusidagi seminar-treningda qatnashib malaka oshirishmoqdalar.
Shuningdek, tashrif doirasida Primorska universiteti Big Data laboratoriyalarida boʻldilar. Bunda virtual reallik sohasidagi yutuqlar bilan tanishildi. Kelgusida hamkorlik bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Mazkur seminar-trening mashg'ulotlarini Urganch davlat universitetining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o'qituvchilari ham onlayn kuzatib bormoqdalar.



