2022-yil 11-fevral kuni Xorijiy filologiya hamda Pedagogika fakultetlarining talabalari ishtirokida "Sud tizimi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Urganch tumanlarora iqtisodiy sudining sudyasi M.Qazaqov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining raisi Sh.Ismoilov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi B.Rajabov va Sudya Z.Isaqovlar tadbir mehmoni boʻldilar. Tadbirga Xorijiy filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari S.Matkarimov moderatorlik qildi.
Tadbirda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning savollariga javoblar berildi, taklif va mulohazalari tinglandi.



