2022-yilning 11-fevral kuni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Sanjarbek Davletov Pedagogika fakulteti dekan muovini X.Siddiqov hamrohligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda prorektor S.Davletov soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida atroflicha toʻxtaldi. Qolaversa, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz rivojining kelgusi 5 yilligi belgilab berilgan "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati, xususan ushbu Farmonning taʼlimga oid bandlari haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berdi.
“Albatta, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bu imkoniyat va sharoitlar aynan siz yoshlarimiz, kelajagimiz vorislari uchundir!”-deya taʼkidladi S.Davletov.
Erkin muloqot shaklidagi ushbu uchrashuvda S.Davletov yoshlar bilan ularning fikr- mulohazalari, qiziqish va maqsadlari haqida suhbatlashib, zarur tavsiyalar berdi.


.jpg)