Bugun viloyat hokimi Farxod Ermanov hududiy ilmiy-texnik kengash tomonidan taklif etilgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi. Taqdimotda hududiy ilmiy-texnik kengash a'zolari, loyihalarga aloqador viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda 13 ta innovatsion loyihalar mualliflarining takliflari eshitilib, har bir loyiha mutaxassislar ishtirokida chuqur muhokama qilindi. Kengash a'zolari fikr-mulohazalaridan kelib chiqib 8 ta loyiha mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Urganch davlat universiteti 2 ta loyihani, agroklaster korxonalari 2 ta loyihani moliyalashtirish tashabbusi bilan chiqdilar. 1 ta loyiha Innovasion rivojlanish vazirligining “Xizmatlar sohasini rivojlantirish” bo‘yicha tanloviga taqdim qilindi.



Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati