O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan bugun, 2022-yil 24-fevral sanasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov hamda fakultetning ingliz tili o‘qituvchilari hamrohligida Yangibozor tumanidagi 33-IDUMga bordilar.
Tashrif doirasida mazkur maktabning oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv Yangibozor tumani Xalq taʼlimi boʻlimi hamda maktab maʼmuriyati ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Rektor B.Abdullayev o‘quvchilar bilan suhbatda boʻlib, maktabda xorijiy tillar, jumladan, ingliz tili fanini yanada rivojlantirish yuzasidan talab va takliflarini o‘rtaga tashladi. Endilikda maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar, kelgusi rejalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Shuningdek, oʻquvchilarning fikrlariga quloq tutdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida boʻlib, oʻquvchilar rektor B.Abdullayevga savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar, oʻz tilak va istaklarini bildirdilar.
Bu kabi hamkorlik yoshlarimizning xorijiy tillarini yanada chuqurroq o‘rganishida, maktab paytidanoq til koʻnikmalari rivojlanishida, o‘quvchi yoshlar salohiyati oshishida muhim ahamiyat kasb etishiga aminmiz.


.jpg)