Bugun, 2022-yil 25-fevral kuni Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Anjumanda UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Sanjar Davletov soʻzga chiqib, oliy ta’lim muassasalari, xusasan, Urganch davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi rejalar, vazifalar haqida atroflicha axborot berdi.
Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham davlatimiz rahbari tomonidan maktablar, oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilab berilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mohiyati va unda yoshlar bilan ishlashning belgilab berilgan yoʻnalishlari asosida UrDUda ham aniq reja va dasturlar ishlab chiqilganligi alohida qayd etilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tarilganligi taʼkidlandi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.



