2022-yil 25-fevral sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
✔️Kengash ishi an’anaga muvofiq, qutlovlar bilan boshlanib, rektor B.Abdullayev dotsentlik hamda PhD diplomlarini Kengash a’zolari guvohligida oʻz egalariga topshirdi.
✔️Jumladan, “Biologiya” kafedrasi mudiri Z.Tojiyev, “Ekologiya va hayot faoliyati havfsizligi” kafedrasi dotsenti E.Samandarov hamda “Biologiya” kafedrasi dotsenti D.Annamurotovalarga Dotsentlik diplomlari, UrDU Bosh yuristkonsulti Sh.Atayev va “Tarix” kafedrasi katta oʻqituvchisi U.Xoʻjamuratovlarga PhD diplomlari topshirildi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.


.jpg)
