Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 4-mart sanasida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi yuzasidan bugun, 2022-yilning 11-mart kuni Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda.
Unda viloyatimizning barcha tuman (shahar)laridan Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tashkilot va korxonalar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashmoqdalar.
Yarmarkani Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Qudrat Egamberganov hamda UrDU rektori Baxrom Abdullayevlar ochib berib, yarmarkada qatnashayotgan barcha talaba-yoshlarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishlarini, shu yerning oʻzida yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega ekanliklarini taʼkidlashdi.
Yarmarka bayramona kayfiyatda oʻtkazilyapti. Unda universitetning iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ham ijro etilmoqda.


.jpg)
