2022-yil 12-mart sanasida Filologiya fakulteti tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol va tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining mart oyi soni bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya, Tabiiy fanlar, Xorijiy filologiya hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 5 nafar talabalar mahorat maydonida kuch sinashdilar.
Koʻrik-tanlovni "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Saʼdullayeva Bonu- Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi
1- o'rin: Tojiboyeva Sohiba - Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi
2-o'rin: Raximboyeva Mahliyo - Filologiya fakulteti talabasi
3-o'rin: Hayitova Anaxon - Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
Ushbu oʻrinlar sohiblarini hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar Filologiya fakulteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A. Primov hamda fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


