Har bir bayramning o‘z tarovati bor. Navro‘z bayrami o‘zining laparlari, kuy-qo‘shiqlari, hazil-huzullari, oʻzbekona milliy taomlari bilan betakror aslida…
Bugun Navroʻzi ayyom munosabati bilan Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ham bayram yuqori kayfiyatda oʻtkazildi.
Unda universitet talaba-yoshlari hamda professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Davletov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Navro‘z bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan insholar tanlovi gʻoliblarini diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirladi.
Bayram tadbirida universitetning bir guruh iqtidorli, talantli talaba-yoshlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Sahnada mahorat bilan ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar-u raqslar, sahna koʻrinishlari milliyligimizni, xalqimizning qadimiy urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etdi. Tadbir ishtirokchilari diliga esa bayramona kayfiyat, joʻshqinlik ulashdi.
Universitetimizda bayram tadbirlari davom etadi...



