Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish orqali universitetda olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida bugun, 4-aprel sanasida Tabiiy fanlar fakultetining 193-Geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida Xorazm viloyati Musiqali drama teatri rejissori, UrDU "Nihol" talabalar teatr studiyasi toʻgarak rahbari Sardor Roʻzmetov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda "Nihol" talabalar teatr studiyasi tashkil etilishining maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berilib, talabalarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “aktyorlik mahorati” boʻyicha mahorat darsi olib borildi.


