2022-yilning 5-aprel sanasida iqtisodchi va tadqiqotchi olim, Nyu-Yorkdagi Xanter sity universiteti professori, Fundamental iqtisodiy tashabbuslar (EFI) tashkiloti prezidenti Randall K. Filer Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev bilan uchrashib, soha doirasida suhbat olib bordi. Oʻzining “Mantiqiy iqtisodiyot” nomli kitobining oʻzbek tilidagi nashrini sovgʻa sifatida taqdim qildi.
Shundan soʻng, Iqtisodiyot fakultetining bir guruh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda bugungi kundagi faoliyati haqida gapirib, o‘zining “Mantiqiy iqtisodiyot” nomli adabiyotining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan tanishtirib, taqdimot qildi. Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, faol qatnashdilar.


