2022-yil 5-aprel kuni Urganch davlat universitetiga berkitilgan mahallalardagi Yoshlar yetakchilari bilan “OTM va mahalla hamkorligi” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Unda barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, fakultetlarning mahallalarga berkitilgan vakillari, psixologlar, mahallalarning Yoshlar yetakchilari qatnashdilar.
Seminar-treningni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov olib bordi. Shuningdek, tadbirda universitet rektori maslahatchisi R.Sharipov ham ishtirok etdi.
Seminar-treningda psixolog olima PhD M.Jumaniyozova “Shaxs bilan muloqotning ilmiy-psixologik asoslari” mavzusida, Iqtisodiyot fakulteti dotsenti B.Sultonov “Tadbirkorlikni rivojlantirish asoslari” mavzusida maʼruza qildilar.
Seminar-trening davomida Xonqa tumani “Mustaqillik” MFY yoshlar yetakchisi E.Isaqov hamda UrDU Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekan muovini U.Doʻschanovlar “Universitet va mahalla hamkorligini samarali tashkil etishning “Mustaqillik” mahallasi tajribasi” mavzusida taqdimot qildilar.
Seminar-trening ochiq muloqot shaklida oʻtib, unda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar tinglandi.


.jpg)
