Bugun, 21-mart sanasida Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari Xorazm MTRKning Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan suratga olinayotgan maxsus sonida jonli efirda chiqish qildilar.
Dasturda Navro'zning kelib chiqish tarixi, milliy urf-odatlar, o'lmas an'ana va qadriyatlar, maxsus tayyorlanadigan taomlar haqida ma'lumotlar berildi.