O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6207-sonli Farmonining 6-bandiga asosan, 2022-yilning 6-aprel kuni UrDUda Markaziy bank bilan hamkorlikda Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan noiqtisodiy yo‘nalishdagi talabalar uchun «Moliyaviy savodxonlik» o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish, plastik kartalaridan va internet do‘konlaridan xavfsiz foydalanish hamda oqilona moliyaviy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Seminar mobaynida talabalar moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok qilishdi.


