Bugun erta tongdan Urganch davlat universitetida bayramona kayfiyat, joʻshqinlik kezmoqda. Mehmonlar tashrifiga tayyorgarlik avj oldi. Unda universitet jamoasining barcha masʼullari jamuljam boʻldi.
Joriy yil 14-15 aprel sanalariga moʻljallangan «Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminari oʻz ishi boshlash arafasida.
Universitet asosiy hududida koʻrgazma tashkil qilinib, unda oʻz qoʻl ishlari namunalari, hunarmandchilik buyumlari, rassomchilik ishlari va ilmiy-innovatsion loyihalari bilan oliy dargohning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etmoqdalar.
Milliy oʻzligimizni tarannum etuvchi Xorazmning koʻrkam liboslarida va samimiy tabassumi ila talaba-qizlarimiz ham qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, mehmonlarni kutib olishga shay.
Oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari boʻlgan konferensiya aʼzolari karnay-surnay sadolari ostida, Xorazmning patirlari-yu nonlari ila tantanali kutib olindi.

.jpg)

