Bugun II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Urganch davlat universitetining Filologiya fakultetida "Kitob - bilim bulog'i" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda ijodkor talabalar tomonidan kitobxonlik haqidagi she'r, kuy-qo'shiqlar, hikmatli so'zlar, kitoblar olami haqida qiziqarli faktlar, videoroliklar tomoshabinlar e'tiboriga havola qilindi.
Tadbir davomida "Yosh kitobxon" Respublika tanlovi qatnashchisi, 211-o'zbek tili guruhi talabasi D.Madaminovaning final jarayoni taassurotlari bilan o'rtoqlashgani tengdoshlarida shu tanlovga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi.
Tadbir yakunida universitet ARM rahbari G'.Jumanazarov, fakultet xodimi N.Jumaniyozovalar tomonidan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida tashkil etilgan loyihalarda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


