2022-yilning 18-23-aprel kunlari Urganch davlat universitetida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalari, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻtkazildi.
Bugun, 23-aprel kuni haftalikning yakuniy tadbirlari, “Kitob – bilim bulog‘i” nomli adabiy-badiiy kecha, kitob koʻrgazmasi hamda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar, ARM jamoasi hamda haftalik davomida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida haftalik davomida oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblari, faol talabalar hamda tashkilotchilar ARM rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirildi.


.jpg)