Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida oʻtkazilishi maʼlum qilingan respublika esselar tanlovining bugun, 29-aprel kuni Pedagogika fakultetida dastlabki bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda fakultetning 41 nafar talabalari ishtirok etdilar. Tanlov avvalida fakultet masʼullari tomonidan tushuntirishlar berildi. Ushbu bosqichda talabalar "Biz kelajak bunyodkorimiz" mavzusida o'z mahorat va bilimlarini ishga soldilar.
Yakuniy natijalar ertaga, 30-aprel kuni e'lon qilinadi.


