Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Bugun, 12-may kuni Urganch davlat universitetida ushbu tanlovning universitet bosqichi boʻlib oʻtmoqda va unda fakultet bosqichi gʻoliblari qatnashmoqdalar. Mazkur ikkinchi bosqichda talabalar tanlov Nizomiga muvofiq “Yangi O`zbekiston – yangi maqsadlar” mavzusida oʻz mahoratlarini ishga solmoqdalar.
Ikki yarim soat davom etadigan tanlovni UrDU birinchi prorektori Sanjar Davletov ochib berib, ishtirokchilarni tanlov shartlari bilan yana bir bor tanishtirib, barchalariga omad tiladi.
Ayni damda talabalar jarayon ustidalar.


