Filologiya fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi bosqichi 20-may sanasida universitet Madaniyat saroyida bo'lib o'tdi.
Tanlov Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" hamda N.V.Gogolning "O'lik jonlar" (rus tilida) asarlari asosida tuzilgan shartlar asosida olib borildi.
Eslatib o'tamiz, mazkur ko'rik-tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitob - eng yaxshi do'st, maslahatchi ekanligini tushuntirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilishdan iborat.
Tadbirning badiiy qismi 193-guruh talabalari tomonidan kitobxonlik madaniyatini targ'ib qiluvchi videorolik, "O'tkan kunlar" romanidan sahna ko'rinishlari hamda go'zal raqs, kuy-qo'shiqlar tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi
Mazkur tanlovda fakultetning 8 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1-o'rin: Nasiba Matyaqubova (o'zbek tilida)
1-o'rin: Yuliya Soy(rus tilida)
2-o'rin: Komila Farhodova
3-o'rin: Maftuna Hayitboyeva
Ushbu oʻrinlar sohiblarini hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


