Kecha, 2022-yilning 5-iyun sanasida 5-iyun – “Butunjahon atrof-muhit kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati bo‘ylab “Ona tabiatni asrashga barchamiz mas’ulmiz!" shiori ostida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi, Xorazm viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Xorazm viloyat Milliy tabiat bog‘i, O‘zbekiston Ekologik harakati Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi, Urganch davlat universiteti, Urganch shahar 30-son maktab ma’muriyati va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati hamkorligida ekologik aksiya o‘tkazildi.
Avvalo, Urganch shahridan Yangibozor tumanida joylashgan Xorazm milliy tabiat bog‘iga yo‘l olindi. U yerda Yoshlar innovatsion loyihalarining taqdimoti, rasm chizish tanlovi, daraxtlarni asrash va parvarishlash boʻyicha o‘quv seminar o‘tkazildi.
Shuningdek, Urganch davlat universitetining Ekologiya yo‘nalishida innovatsion loyihalar yaratib tashabbuskorlik ko‘rsatgan va tasviriy san’at bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar hamda o‘quvchilar ishlari ko‘rib chiqildi.
Aksiyada faol qatnashgan yoshlar estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



