YUNESKO tashkilotining “Orolbo’yi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yo’nalishida daromad olish imkoniyatlari” loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari: O.Saidmamatov, U.Matyaqubov, E.Khodjaniyazov, E.Ibadullayevlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqaʼla, Beruniy, To’rtko’l, Amudaryo tumanlari, Nukus va Mo’ynoq shaharlarida seminar-trening mashgʻulotlarini boshlashdi.
Loyihaning asosiy maqsadi mahalliy xotin-qizlarni hududning mavjud ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo’yicha bilimlarini oshirish va turizm sohasida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Seminar-trening mashg’ulotlari 16-avgustgacha davom etadi.


