19-oktabr 2019-yilda Buxoro davlat universitetida Urganch davlat universiteti Musiqa ta'limi kafedrasi o`qituvchilari Botir Rahimov hamda Rustam Boltayev ishtirokidagi mahorat darslari o`tkazildi. Unda musiqashunos olim, professor Otanazar Matyoqubov ham qatnashdi. Tadbir so`nggida shunday mahorat darslarini Urganch davlat universitetida o`tkazishga kelishib olindi.