«Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi joriy etildi.
O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil 20-oktabrdan kuzgi mavsumda «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari boshlandi.
▪️Ushbu loyihaga faol hissa qo‘shish maqsadida Urganch davlat universiteti jamoasi ham ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan.
▫️Jumladan, bugun 24-oktabr kuni universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi.
▪️Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, hokimlik vakillari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Nazrullo Oblomuradov hamda qo‘mita vakillari, Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
▫️Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmonchilik va landshaft dizayn” kafedrasi mudiri, q-x.f.d. Mansurbek Xolmurotov Xorazm viloyati hududiga mos keluvchi ko‘chatlarni ekish va ularni parvarishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
▪️Shundan so‘ng, fakultet hududiga ko‘chat ekish jarayonlari bo‘lib o‘tdi va ko‘chatlarni ekish hamda ularni parvarishlash bo‘yicha ekspert-mutaxassislar maslahati va tavsiyalari asosida tadbirning barcha qatnashchilari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashdilar.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning oktabr-noyabr oylarida 1200 ta manzarali va 600 ta mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.





