Joriy yil 6-mart kuni Urganch davlat universitetining magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023 o‘quv yili yanvar oyi qabuli bo‘yicha tanlovdan oʻtgan magistrantlar bilan universitet rektori B.Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov hamda Magistratura boʻlimi dekani T.Yoʻldoshevlar uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda universitetning oʻquv jarayonlari, magistrlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda asosiy masala 2 yil oʻqish mobaynida magistrdan talab qilinadigan xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi milliy yoki xalqaro tan olingan B2 (C1) darajadagi sertifikatni taqdim qilish lozimligiga qaratilib, B1, A2, A1 daraja bilan qabul qilingan magistrlar uchun B2 darajadagi sertifikat olishlari uchun universitet tomonidan bepul o'quv kurslari tashkil qilinishini taʼkidlandi.
Uchrashuvda magistrlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.