Ayni kunlarda Urganch davlat universitetining axborot va murabbiylik soatlarida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning targʻibotiga bagʻishlab, mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun Urganch davlat universiteti Fizika -matematika fakulteti 225-guruh talabalari ishtirokida "Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati oʻtkazildi. 

Mashgʻulotda talabalarga bosh qomusimizni  yangilashga boʻlgan zarurat, yangi tahrirda qanday oʻzgarishlar kutilayotganligi, undagi asosiy yangiliklar, insonning  huquq va erkinliklar doirasi, shuningdek,  ta'lim olish  huquqi va  imkoniyatlari  kengaytirilayotganligi  hamda oʻqituvchilar konstitutsiyaviy  maqomga ega boʻlishlari ham qonun bilan belgilab qoʻyilayotganligi haqida maʼlumotlar berdilar. 

urdu.uz, "Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati oʻtkazildi