Bugun, 24-mart kuni UrDU Xorijiy filologiya fakultetida "Biz kelajagimizga befarq emasmiz" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Xalq deputatlari Urganch tuman kengashi kotibiyati mudiri Z.Masharipova, O'zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo'yicha qo'mitaning Urganch tumani bosh mutaxassisi O.Polvonov, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga oid qator normalar belgilab berilganligi haqida atroflicha soʻz yuritildi.