Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasi bu – mening konstitutsiyam!

Bugun, 27-mart kuni  Urganch davlat universitetida  “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam” mavzusida yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, "Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi" kafedrasi mudiri, dotsent U.Sheripov, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, shuningdek, referendum oʻtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilayotgani taʼkidlandi. 

Yakunda ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiya xalq farovonligi yuksalishi va taraqqiyoti uchun asos boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

urdu.uz, Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasi bu – mening konstitutsiyam!