Bugun Urganch davlat universitetida viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi raisi T.Jumaniyozov hamda universitetning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor S.Davletov talabalarning nafaqat bilimi, balki siyosiy ongi, dunyoqarashi ham yuksak bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuvda soʻzga chiqqanlar referendum tushunchasi, uning huqiqiy asosi, yurtimizda o‘tkaziladigan ushbu siyosiy tadbirlarning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdilar.
Davra suhbatida yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ham so‘z bordi.