“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Bugun, 29-mart kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitet rahbariyati, fakultet faxriy ustozlari, oʻqituvchi va tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

UrDU Birinchi prorektor S.Davletov talabalarning nafaqat bilimi, balki siyosiy ongi, dunyoqarashi ham yuksak bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlab, yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida maʼruza qildi.

Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari, professor O.Jumaniyozov va dots. H.Roʻzmetovlar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli oʼzgarishlar, mamlakatimizning buguni va ertasi uchun ulkan ahamiyatga ega konstitutsiyaviy islohotlar, shuningdek, ayni kunlarda qizg‘in siyosiy jarayon kechayotgani – har jihatdan mukammal, yurtimizdagi yangilanishlarga mos huquqiy asos vujudga keltirilgani e’tirof etildi.

urdu.uz, “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi