Bugun, 29-mart kuni Fizika-matematika fakulteti Amaliy-matematika va fizika yoʻnalishi talabalari bilan "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi.
Tadbirda universitetimizning faxriy ustozlari, jumladan, “Boshlangʻich ta'lim metodikasi” kafedrasi professori S.Masharipova, “Axborot texnalogiyalari” kafedrasi katta oʻqituvchisi A.Jumanazarova, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi T.Qalandarovalar mehmon boʻldi.
Faxriy ustozlar bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta'limga va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, konstitutsiyaviy islohotlar haqida soʻz yuritdilar. Oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Uchrashuv qizgʻin tarzda boʻlib, unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.