Joriy yil 30-mart kuni Urganch davlat universitetida “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” shiori ostida konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda Xorazm viloyati sudi raisi oʻrinbosari I.Teshayev, viloyati sudi sudyalari M.Qurbonov, M.Bobonazarov, Sh.Jamolov, Fizika-matematika fakulteti oʻqituvchi va tyutorlari, talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir UrDU Birinchi prorektori S.Davletov raisligida boʻlib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi tarixiy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Sudyalar yangilanayotgan Konstitutsiyada sud-huquq tizimidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar yetkazdilar, talabalar tomonidan berilgan savollariga javob berdilar.
Tadbirning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi B.Mahmudovning mavzu yuzasidan maʼruzasi hamda ijodiy ishlaridan namunalar tinglandi.
Yakunda esa fakultet talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.