Bugun UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida talaba-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va  jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi

Unda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova mehmon boʻldi. 

Uchrashuv avvalida joriy yil 30-aprel kuni yurtimizda oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi referendumi va amaldagi Konstitusiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida talaba-yoshlarga maʼlumotlar berildi.

Tadbirning asosiy qismida talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni mustahkamlash, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishda taʼlim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi tushuntirildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida ham so‘z yuritildi.

urdu.uz;Bugun UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida  talaba-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va  jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi