Ma’lumki, 22-mart - yer yuzida „Butunjahon suv kuni“ deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan bugun, 24-mart kuni UrDU Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan “Suv - bu hayot, uni asraylik!” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ekopartiyaning viloyat boʻlimi vakillari, “Ekologiya va HFX” kafedrasi mudiri S.Babajanova, kafedra dotsentlari O‘.Xudayberganova va A.Masharipovlar, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning mavzuga oid turli maʼruzalar tinglandi. Talabalar ijodiy ishlari taqdimoti va rasmlar namoyishi boʻlib oʻtdi. Yakunda esa tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari taqdirlandi.