Xorijiy filologiya fakultetida ijodkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 6-aprel kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida sanʼat arboblari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar doirasidagi navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir mehmoni Xorazm vilovati Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir B.Bekmetov hamda “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlar doktori  S.Sariyevlar boʻldi. 

Tadbirda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov boshchiligida fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuv mehmonlari oʻz faoliyatlari haqida maʼruzalar qildilar, ijodlaridan namunalar oʼqib berdilar. Oʻz oʻrnida talabalar ham shoir B.Bekmetov sheʼrlarini yoddan aytib, ijodkor asarlariga qiziqishlarini bildirishdi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, yoshlarga va taʼlimga eʼtibor borasida ham atroflicha soʻz yuritildi.

urdu.uz, Xorijiy filologiya fakultetida ijodkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi