Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 8-aprel kuni Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha  prorektori Zafarbek Ibragimov universitetning bir guruh iqtidorli talabalari bilan uchrashdi. Unda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi xodimlari hamda oʻzining Startap loyihasiga ega talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ilmiy-tadqiqot ishini olib borayotgan, loyiha va ixtirolar ustida ishlayotgan yoshlar uchun universitetda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida  atroflicha maʼlumot berildi.

Magistratura yoki doktaranturada o'qishni davom ettirishdagi qulayliklar, chet eldagi nufuzli oliygohlarda grant yutish orqali tahsil olishning tartibi haqida soʼz yuritildi, maqola yozish tartib-qoidalari haqida tushuntirishlar berildi. 

Talabalar uchrashuv davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 

urdu.uz, Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi