Uchrashuvda Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan va tahsil olayotgan “Zulfiya” mukofoti sohibalari, jumladan, Jismoniy madaniyat fakulteti oʻqituvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Kurash boʻyicha Osiyo chempioni Gulyor Otajonova, Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabasi, Belbog'li kurash bo'yicha Jahon chempioni Ullijon Davletova hamda Iqtisodiyot fakulteti talabasi Indira Yusupovalar ishtirok etdi.
UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan boshlangan uchrashuvda qahramonlarimiz oʻzlarining sportdagi yutuqlari, fandagi natijalari haqida soʻzladilar. Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlimga va yoshlarga eʼtibor masalasiga toʻxtaldilar.