Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari bugungi kunda el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Ayniqsa, bu kabi uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat qilish ruhida tarbiyalash, qolaversa, faxriy ustozlarimizning oʻtgan umrlarini eslab, kechgan damlarini mamnuniyat bilan xotirlashlari yoshlar qalbida shukronalik tuygʻusini uygʻotishi bilan muhim ahamiyatga egadir. 

Bugun,11-aprel kuni ana shunday ezgulikka yoʻgʻrilgan tadbirlardan biri Filologiya fakultetida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Filologiya fakulteti professori Z.Do'simov, f.f.d. A.D.O'rozboyev, f.f.d. S.M.Sariyev, shuningdek, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi matbuot kotibi Z.Abdullayeva, Urganch shahar kengashi deputati R.Jumaniyozov, Urganch shahar kengashi raisi R.Boltayevlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Filologiya fakulteti dekani D.Q.G'ayipov kirish soʻzi bilan ochib bergach, faxriy ustozlarning hayot yo‘llari, olib borgan ko‘p yillik faoliyatlari davomidagi o‘ziga xos yutuqlari va sinovlari haqidagi maʼruzalari tinglandi. Ayniqsa, hayotiy pand-nasihatlari talaba-yoshlar uchun yuksak ma‘naviy tarbiya bo‘ldi.

Siyosiy partiya vakillari tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javoblar berildi.

urdu.uz, Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

urdu.uz, Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

urdu.uz, Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

urdu.uz, Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

urdu.uz, Filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi