Bugun Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov va Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganovlar hamrohligida Urganch shahrida joylashgan Xorazm arxitektura va qurilish texnikumida boʻldi. Texnikum direktori boshchiligida muassasaning bitiruvchi yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oʻquv muassasasi faoliyati, taʼlim berish jarayonlari, xususan oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻrgatilishi masalasi bilan qiziqdi. Suhbat davomida yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini soʻradi. Hozirda ushbu texnikum 48 nafar bitiruvchi oʻquvchiga ega. Rektor xorijiy tilni bilish yuqori daromadli ish topishda juda muhimligi hamda xorijda ishlab yurtimizga yangi tajriba bilan qaytishlarini alohida taʼkidladi.
Suhbat davomida Germaniyada ishlashni xohlovchi oʻquvchilar uchun Urganch davlat universitetida bepul nemis tili toʻgaraklari tashkil qilinishini taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuvda Yevropa mamlakatlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoj oshib borayotgani va bu boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilayotgani bois, xorijiy tillarni mukammal oʻrgangan texnikum bitiruvchilarini rivojlangan xorijiy davlatlarga ishga yuborish maqsad qilingani aytildi.