Joriy yil 12-aprel kuni Yashil iqlim jamg‘armasi, BMTTD va O‘zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a
surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga milliy moslashuv rejasini ishlab chiqilishida ishtirok etayotgan Chexiya Respublikasi Dekonta kompaniyasining xalqaro mutaxassislari, Pragadagi Chexiya hayot fanlari universiteti professorlari- Lubosh Smutka, Vladimir Krepl va Inna Chabelkova Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga milliy moslashuv rejasini ishlab chiqilishiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadidagi ushbu tashrif doirasidagi muzokaralarda UrDU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Xodjaniyozov boshchiligida tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tomonlarning o‘zaro muzokaralari o‘laroq, Pragadagi Chexiya hayot fanlari universiteti bilan Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolashga hamda qishloq xo'jaligi sohasida akademik mobillikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.